Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Durov o‘zi istamagan qarorga qo‘l urdi – Telegramda yangi xizmat turi paydo bo‘ladi

Durov o‘zi istamagan qarorga qo‘l urdi – Telegramda yangi xizmat turi paydo bo‘ladi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov tomonidan xabar berilishicha, endilikda foydalanuvchilar Stories funksiyasi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

«Dastlab biz bunga qarshi edik, chunki Stories barcha ijtimoiy tarmoqlarda mavjud. Ammo agarda biz foydalanuvchilarimizning istak va xohishlariga quloq solmaganimizda va yangi innovatsiyalarni joriy etib bormaganimizda Telegram biz bilgan Telegram bo‘lmay qolgan bo‘lardi», – dedi Durov.

Qiziqarli faktlar:

- Foydalanuvchilar o‘zlari yuklagan surat va videolarni kim ko‘rishi mumkinligini tanlay oladilar;
- Foto va videoni bir vaqtda ikki kamera – old va orqa kameralarda suratga olish mumkin bo‘ladi;
- Foto va videolar turli muddatlar – 6, 12, 24, 48 soatga yoki o‘chib ketmaydigan qilib joylanishi mumkin;
- Matnli izohlar bo‘ladi;

Ayni vaqtda Stories funksiyasi oxirgi test jarayonidan o‘tkazilmoqda va iyul oyi boshlarida foydalanuvchilarga e’tiboriga havol qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring