Shomurodov to‘liq o‘ynab, «Roma»ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Italiya A seriyasining 25-turida safarda to‘p surgan «Roma» «Parma»ni kichik hisobda yengdi.
Rimliklarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushirilib, o‘yin oxirigacha jamoasiga yordam berdi. Birinchi bo‘limning 31-daqiqasida aynan uning ajoyib uzatmasidan so‘ng o‘yinda burilish yasaldi: Shomurodov jamoadoshi Suleni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, mezbonlar himoyachisi esa argentinalik futbolchini yiqitib, qizil kartochka oldi. Jarima zarbasini o‘zi amalga oshirgan Sule darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.
«Roma» safardagi g‘alabadan so‘ng 37 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi, «Parma» — 18-o‘rinda (20 ochko).
A Seriya. 25-tur
Parma — Roma 0:1
16-fevral, «Ennio Tardini»
Gol: Sule (33).
Parma: Suzuki, Valeri, Leoni, Volyakko (Kamara, 66), Del Prato, Zom, Bernabe (Ondreyka, 77), Keyta (Almkvist, 46), Kancheleri (Lovik, 66), Bonni, Man (Balog, 35).
Roma: Svilar, Ndika, Manchini (Nelsson, 46), Chelik, Saloh-Eddin (Anxelino, 77), Kone (Pellegrini, 46), Paredes, Gurna-Duat, Salemakers (Baldanzi, 65), Shomurodov, Sule.
Ogohlantirishlar: Sule (34), Pellegrini (55), Garna-Duat (63), Balog (82), Almkvist (85).
Chetlatish: Leoni (31).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter