Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Safina Sadullayeva finalda bahslashdi

Safina Sadullayeva finalda bahslashdi

Olimpiya o‘yinlarining yengil atletika dasturidagi ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash musobaqalari yakuniga yetdi. Unda yurtimiz sharafini Safina Sadullayeva munosib himoya qildi.

Final bosqichida u avvaliga 1,89 metr, ikkinchi urinishda 1,93 metr balandlikni zabt etdi.

1,96 metr balandlikni ikkinchi urinishda zabt etgan Safina navbatdagi balandlik 1,98 metr to‘siqdan o‘ta olmadi.

Bir yarim yil avval farzandli bo‘lgan va keyinchalik yana sport faoliyatini tiklab, qisqa muddatda formaga kirgan Safina avvaliga litsenziyani qo‘lga kiritdi, Olimpiya o‘yinlarida esa final bosqichiga yetib borgan holda 5-9-o‘rinlarni bo‘lishib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring