Ronaldu «An-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirdi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi bilan shartnomasi muddatini uzaytiradi.
A Bola nashri yozishicha, yangi kelishuv 2026-yil iyuniga qadar davom etadi. Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil iyunigacha tuzilgan.
5-fevral kuni 40 yoshini qarshilaydigan Ronaldu 2023-yildan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsumda jamoa safida 20 o‘yin o‘tkazib, 17 gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter