Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov va uning jamoasi ikkinchi turning muhim uchrashuvlaridan biriga tayinlandi. Bu haqda FIFAning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Referee designations FWC 2018 Match 23: #ARG🆚#CRO (21 June):
— FIFA Media (@fifamedia) 19 iyunya 2018 g.
Referee: Ravshan IRMATOV (UZB)
ASR 1: Abduxam. RASULOV (UZB)
ASR 2: Jakhongir SAIDOV (UZB)
4th Off. Norbert HAUATA (TAH)
Res.Ass Bertrand BRIAL (NCL)@FIFAWorldCup pic.twitter.com/sovcUdR60K
Jahon chempionatlarining mutlaq rekordchisi Ermatov va uning jamoasi mundialning 2-turidan o‘rin olgan Argentina va Xorvatiya uchsrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abdihamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov ko‘mak beradi. Zaxira hakami — taitilik Norbert Xauata.
Uchrashuv 21-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter