Ramazon Temirovga UFC’dagi g‘alabasi uchun yana uy sovg‘a qilindi

Aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov 2-mart kuni UFC Fight Night turniri doirasida Charlz Jonsonga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
O‘zbekistonlik sportchi murabbiylari hamrohligida bugun tongda Toshkentga qaytib keldi.
Kutib olish marosimida Temirovga Glorious Building kompaniyasi tomonidan turnirdagi g‘alabasi uchun 3 xonali uy sovg‘a qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon Temirov UFC’dagi ilk jangida g‘olib bo‘lib qaytganida, boshqa bir xususiy kompaniya 2 xonali uy sovg‘a qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter