Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij-2024. Basketbol turnirida tarixiy kambek amalga oshdi

Parij-2024. Basketbol turnirida tarixiy kambek amalga oshdi

Foto: Instagram/paris2024

6-avgust kuni Serbiya basketbol bo‘yicha erkaklar terma jamoasi Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng yirik kambekni amalga oshirdi. Avstraliyaga qarshi o‘yinda «-24 ochko» farq bilan ortda borayotgan serblar iroda ko‘rsatib g‘alaba qozonishdi va turnirning yarimfinaliga yo‘l olishdi.

Asosiy vaqtda muvozanatni tiklagan Serbiya overtaymda g‘alaba qozondi, hisob — 95:90.

Avvalgi rekord Barselona (1992) olimpiadasida o‘rnatilgan, MDH terma jamoasi basketbolchilari Litvaga qarshi o‘yinda 12 ochkolik farqni yo‘qqa chiqarib zafar quchishgan (92:80).

Yarimfinalda Serbiya NBA yulduzlaridan iborat AQSh bilan to‘qnashadi. Final yo‘llanmasi uchun ikkinchi bahs Germaniya va Fransiya o‘rtasida kechadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring