Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston BAAni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

O‘zbekiston BAAni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida JCh-2026 saralashi doirasida O‘zbekiston-BAA termalari o‘zaro kuch sinashdi

Uchrashuv keskin vaziyatlarga boy bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limda tomonlarga gol urish nasib etmadi. 

Ikkinchi bo‘limda hakam o‘zbekistonlik futbolchiga qarshi qo‘pol o‘ynagan raqib o‘yinchisini maydondan chetlatdi. 

76-daqiqada BAAlik futbolchi jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Belgilangan penaltini Otabek Shukurov golga aylantirdi. 

O‘yin taqdirini shu gol hal qildi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi ochkolar soni 10taga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz,  avvalgi turda O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynagandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring