Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Otabek Umarovga tabrik yo‘llandi

Otabek Umarovga tabrik yo‘llandi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovga tabrik yo‘lladi.

«Otabek Muhammadaliyevich Umarov 1984 yil 15 may kuni tug‘ilgan. Uzoq vaqtdan beri o‘zbek sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassislardan sanaladi. Jumladan, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi, MMA assotsiatsiyasi asoschisi va birinchi rahbari sifatida yurtimizda ushbu sport turlari, xususan, ommaviy sport targ‘ibotini yangi bosqichga olib chiqdi.

Otabek Muhammadaliyevich 2020 yil O‘monning Maskat shahrida o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasida tashkilotning vitse-prezidenti etib saylandi. Uning mazkur lavozimga saylanishi poytaxtimizning 2025 yil yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi bilan bog‘liq. Hozirda Otabek Umarov OOK vitse-prezidenti sifatida Yangi O‘zbekistonning salohiyatini butun dunyoga ko‘rsatishda, mamlakatimiz va Markaziy Osiyoda Olimpiya harakati targ‘ibotining yanada kuchayishida jonbozlik ko‘rsatmoqda. Qayd etish joiz, 2022 yil Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi ilk bor Toshkentda o‘tkazilishida uning xizmati katta», deyiladi tabrikda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring