Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Umarov yilning eng yaxshilari qatorida taqdirlandi

Otabek Umarov yilning eng yaxshilari qatorida taqdirlandi

Bugun, 29 dekabr kuni «Uzbekistan Sport Awards-2021» taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov «Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun» mukofoti bilan taqdirlandi.

Marosimda «Yil kashfiyoti» sovrini – taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitovga topshirildi.

Muxlislar o‘rtasidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi sportchisi» – boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov bo‘ldi.

Respublika Komissiyasi xulosasiga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi sportchisi» O‘zbekiston Milliy kubogi g‘olibi – og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘rayevga nasib etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring