Norchayevning Portugaliyaga transferi amalga oshmay qoldi
O‘zbekistonlik hujumchi Husayn Norchayev Portugaliyaning «Braga» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
«Braga» futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xat yuborgan. O‘sha paytda Norchayev Dohada, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida edi. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopilishi munosabati bilan futbolchi yig‘inni oxiriga yetkazmay Toshkentga qaytib kelishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekistonda Portugaliya elchixonasi hamda vakolatxonasi yo‘q. Shu bois futbolchining agentlari Toshkentdagi Fransiya elchixonasi orqli Rossiyadagi Portugaliya elchixonasiga aloqaga chiqishgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham futbolchiga yordamga keldi. Biroq Portugaliya elchixonasi xodimlari qisqa muddatda viza tayyorlab bera olmasliklarini, futbolchidan dushanba kuni Moskvaga uchib kelishni so‘rashgan. Norchayev dushanba kuni Moskvada emas, Portugaliyada bo‘lishi kerak.
Shu sababli ham mazkur transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.
«Football Group» agentligi va Husayn Norchayev bu transfer amalga oshishi uchun qo‘ldan kelganicha yordam ko‘rsatgan Fransiya elchixonasiga, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi va Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorchilik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter