«Manchester Siti» durang o‘ynadi, Husanov hisobiga avtogol yozildi

Angliya premer-ligasining 29-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brayton» bilan durang o‘ynadi.
Garchi «Brayton» darvozasiga ikkita gol kiritishgan bo‘lsa-da, «shaharliklar»ning o‘yini qovushmadi, ularning har bir goliga mehmonlar javob qaytara olishdi va hatto g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi.
Ikkinchi taymning 48-daqiqasida Abduqodir Husanov hisobiga avtogol yozildi: raqib futbolchisining zarbasi unga tegib darvoza to‘riga borib tushdi.
APL. 29-tur. 15-mart
Manchester Siti – Brayton 2:2:
Gollar: Erling Holann (11, pen.), Omar Marmush (39) — Pervis Estupinyan (21), Abduqodir Husanov (48, avtogol).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter