Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Liverpul»ni yangi mavsumda kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

«Liverpul»ni yangi mavsumda kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Niderlandiyaning «Feynoord» klubi bosh murabbiyi Arne Slot 2024/25 yilgi mavsumda Angliyaning «Liverpul» klubini boshqarishini aytdi, deb xabar beradi ESPN.

«Keyingi mavsumda «Liverpul»ni boshqara olishimni tasdiqlashim mumkin», dedi Slot.

Slot «Liverpul» bosh murabbiyi sifatida germaniyalik Yurgen Klopp o‘rnini egallaydi.

Slot murabbiy sifatida 2022/23-yilgi mavsumda «Feyenoord» bilan Gollandiya chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni «Manchester Siti» chempionatning 36-turi doirasida «Fulxem»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan keyin «Liverpul» APLda g‘alaba qozonish imkoniyatini yo‘qotdi. 

Etiborlisi, bu bosh murabbiy Yurgen Klopp uchun klubdagi so‘nggi mavsum bo‘lib, u mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi; U 2015-yilning kuzidan beri Angliyaning «Liverpul» klubida ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida «qizillar» Angliya Premer-ligasi (APL), Chempionlar Ligasi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Liga kubogi, Angliya kubogi va UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring