Isroil Madrimov Terens Krouford bilan qiyin jangda mag‘lub bo‘ldi

AQShning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etildi.Oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun to‘qnash keldi.
Dastlabki raundlarda bokschilar bir-birini o‘rganishga harakat qildi. So‘nggi raundlarda o‘zbekistonlik bokschi bir qancha xavfli zarbalarni yo‘lladi. 11-raundda esa Krouford faollikni oshirdi.
Yakunda hakamlar ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) Terens Kroufordning g‘alabasini e’lon qildi.
Terens Krouford bunga qadar professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter