Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispan nashri «Real» hujum uchligiga yangi nom topdi

Ispan nashri «Real» hujum uchligiga yangi nom topdi

Foto: Instagram/k.mbappe, vinijr, judebellingham

UYeFA superkubogi uchun o‘tgan o‘yindan so‘ng Ispaniyaning Marca nashri qirollik klubining Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingemdan iborat hujum uchligiga alohida e’tibor qaratdi. Jurnalistlar ushbu trioni BMV deya ta’riflashdi.

Marca maqolasini o‘qigan klub muxlislarga «Real» uchligi va mashhur nemis mashinasi — BMW tezligi qiyoslangani albatta yoqdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgust oqshomida «Real Madrid» «Atalanta»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa superkubogini oltinchi marta qo‘lga kiritdi.

Varshavadagi zafardan so‘ng ispan gazetasi o‘z maqolasiga (Bellingem, Mbappe va Vinisius uchligini nazarda tutgan holda) «BMW triosining birinchi g‘alabasi», deya sarlavha qo‘ydi.

O‘z vaqtida madridliklar jamoasining Garet Beyl, Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu hujum uchligi britan telekanali nomi singari BBC (Bale, Benzema, Cristiano) deya ta’riflangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring