Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘ulomjon Yevropa chempionini mag‘lub etdi, Shapiyev esa «usulga tushib qoldi»

G‘ulomjon Yevropa chempionini mag‘lub etdi, Shapiyev esa «usulga tushib qoldi»

Erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullayevning muvaffaqiyatli yurishi davom etadi.

Hamyurtimiz chorak finalda Yevropa chempioni, armanistonlik Arsen Xarutyunyanni mag‘lub etdi.

Endi u kechki dasturda final yo‘llanmasi uchun amerikalik Spenser Liga qarshi kurashadi.

Yana bir erkin kurashchimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) yarim final yo‘llanmasi uchun gilamga chiqdi.

Bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan kurashgan yurtdoshimiz hisobda oldinda borayotib, usulga tushib qoldi va mag‘lubiyatga uchradi.

Endi raqib sportchi finalga yetib borgan taqdirda Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring