Forbes dunyoning eng ko‘p daromad olgan sport klublari reytingini tuzdi (top-20)
Forbes dunyoning eng ko‘p daromad olgan sport klublari reytingini tuzdi.
Reytingga kiritilgan 20 ta sport klubining jami daromadi 3,9 mlrd dollarni tashkil etib, Milliy futbol ligasi (NFL, Amerika futboli) vakili «Dallas Kovboyz» o‘tgan yilgi yetakchilikni saqlab qoldi.
Ammo vaziyat o‘zgarishi, yangi media-shartnomalarni qo‘lga kiritgan basketbol jamoalari (NBA) yetakchilikka da’vogar bo‘lishi kutilmoqda, transferlarga ulkan mablag‘lar sarflayotgan «Barselona», «Manchester Siti» va «PSJ» zararga ishlayotgan bir pallada hech bir sovrinsiz ham «Tottenhem Hotspur» kabi jamoalar serdaromadlar reytingiga kira oldi.
«Dallas Kovboyz» nafaqat dunyoning eng qimmat ($10,1 mlrd), balki eng ko‘p daromad olgan jamoasi bo‘ldi, «kovboylar» 2023-yilda $564 mln ishlashdi. Ikkinchi o‘rinda — «Los-Anjeles Rems» ($286 mln), uchinchi — «Nyu-Inglend Petriots» ($261 mln).
Forbes USA talqiniga ko‘ra, dunyoning eng ko‘p daromad qilgan sport klublari qatoriga 9 ta NFL (Amerika futboli), 5 ta NBA (basketbol), 3 ta NHL (xokkey) va 3 ta APL (futbol) jamoasi kirdi.
Jahonning eng ko‘p daromad olgan 20 ta sport klubi-2025:
1. «Dallas Kovboyz» — $564 mln
Liga: NFL
Qiymati: $10,1 mlrd
Egasi: Jerri Jons
2. «Los-Anjeles Rems» — $286 mln
Liga: NFL
Qiymati: $7,6 mlrd
Egasi: Sten Kronke
3. «Nyu-Inglend Petriots» — $261 mln
Liga: NFL
Qiymati: $7,4 mlrd
Egasi: Robert Kraft
4. «Edmonton Oylerz» — $213 mln
Liga: NHL
Qiymati: $2,65 mlrd
Egasi: Deril Kats
5. «Los-Anjeles Leykers» — $199 mln
Liga: NBA
Qiymati: $7,1 mlrd
Egalari: Jerri Bass oilaviy trasti, Mark Uolter, Todd Bouli
6. «Nyu-York Jayents» — $190 mln
Liga: NFL
Qiymati: $7,3 mlrd
Egalari: Jon Mara, Stiven Tish
7. «Manchester Yunayted» — $187 mln
Liga: APL
Qiymati: $6,55 mlrd
Egalari: Gleyzer oilasi, Jeyms Retkliff
8. «Nyu-York Niks» — $182 mln
Liga: NBA
Qiymati: $7,5 mlrd
Egasi: Madison Square Garden Sports
9. «Hyuston Teksans» — $164 mln
Liga: NFL
Qiymati: $6,1 mlrd
Egasi: Kel Makneyr
10. «Tottenhem Hotspur» — $161 mln
Liga: APL
Qiymati: $3,2 mlrd
Egasi: Jozef Lyuis oilaviy trasti, Deniyel Levi
11. «Hyuston Rokets» — $160 mln (o‘rinlar bo‘lishib olingan)
Liga: NBA
Qiymati: $4,9 mlrd
Egasi: Tilman Fertitta
11. «Vashington Kommanders» — $160 mln (o‘rinlar bo‘lishib olingan)
Liga: NFL
Qiymati: $6,3 mlrd
Egasi: Josh Harris
13. «Dallas Maveriks» — $158 mln (o‘rinlar bo‘lishib olingan)
Liga: NBA
Qiymati: $4,7 mlrd
Egalari: Adelson oilasi, Mark Kyuban
13. «Filadelfiya Iglz» — $158 mln (o‘rinlar bo‘lishib olingan)
Liga: NFL
Qiymati: $6,6 mlrd
Egasi: Jeffri Luri
15. «Manchester Siti» — $148 mln
Liga: APL
Qiymati: $5,1 mlrd
Egasi: shayx Mansur ibn Zayd ol Nahayyon
16. «Indianapolis Kolts» — $146 mln
Liga: NFL
Qiymati: $4,8 mlrd
Egasi: Jeyms Irsey
17. «San-Fransisko Forti Nayners» — $144 mln
Liga: NFL
Qiymati: $6,8 mlrd
Egasi: York oilasi
18. «Los-Anjeles Kingz» — $143 mln
Liga: NHL
Qiymati: $2,9 mlrd
Egasi: Filipp Anshuts
19. «Golden Steyt Uorriorz» — $142 mln (o‘rinlar bo‘lishib olingan)
Liga: NBA
Qiymati: $8,8 mlrd
Egalari: Jo Leykob, Piter Guber
19. «Monreal Kanadiyens» — $142 mln (o‘rinlar bo‘lishib olingan)
Liga: NHL
Qiymati: $3 mlrd
Egasi: Molson oilasi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter