FIFA. JCh-2030 qatnashchilari sonini 64 taga yetkazish taklif qilindi

FIFA 2030-yilgi jahon chempionatida ishtirokchi etuvchi jamoalar sonini 48 tadan 64 taga oshirishni o‘ylab ko‘radi. Turnirning 100 yilligi munosabati bilan shu tashabbus ilgari surildi.
Masalaning boshqa tomoni ham bor. Mundial final bosqichi qatnashchilari soni shundoq ham oshirilgan — AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCh-2026 da 48 mamlakat milliy jamoalari kuch sinashadi. Turnirning saviyasida bu qanchalik aks etishi hali sinovdan o‘tmagan.
Yubiley turniriga 64 jamoani taklif etish tashabbusi jahon chempionatini 1930-yilda birinchi bo‘lib o‘tkazgan Urugvaydan chiqdi.
FIFA prezidenti Infantinoning fikricha, bu taklifni obdan o‘ylab ko‘rish lozim.
Ma’lumot uchun: futbol bo‘yicha 2030-yilgi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Turnirning bittadan ochilish o‘yini Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter