Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024: finalda qaysi jamoalar kurashishi ma’lum bo‘ldi

Yevro-2024: finalda qaysi jamoalar kurashishi ma’lum bo‘ldi

Yevro-2024 yarim finalida Angliya Niderlandiyani mag‘lub etdi. Jamoa finalda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi Yevropa chempionati yarim finalida Gollandiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa inglizlar bir kun avval ikkinchi yarim final uchrashuvida Fransiyani mag‘lub etgan Ispaniya bilan finalda to‘qnashadi. 

Britaniyaliklar g‘alabani asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasidayoq tortib olishdi.

Angliya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Yevropa chempionati finaliga chiqdi. Yevro-2020 vaqtida (koronavirus pandemiyasi tufayli u 2021-yilda bo‘lib o‘tgan) Londonning «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida inglizlar Italiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring