Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. Grand jamoalar qiyinchilikka duch kelishdi

YChL. Grand jamoalar qiyinchilikka duch kelishdi

Yevropa Chempionlar Ligasi o‘tish bosqichida javob bahslari o‘tkazildi. «Bavariya» «Seltik»ka qarshi o‘yinda qiyinchilikka duch keldi va 90+4-daqiqagi gol evaziga muvozanatni tikladi hamda nimchorakfinalga yo‘l oldi. 

«Bryugge» kutilmaganda «Atalanta»ni, «Feyenoord» esa «Milan»ni turnirdan chiqarib yubordi.

«Benfika» ham «Monako» bilan bahsda qiyinchilik bilan 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

YChL. 1/8 finalga o‘tish bosqichi. 18 fevral

Bavariya — Seltik 1:1

Gollar: Devis (90+4) — Kyun (63). 

Birinchi o‘yin — 2:1.

Atalanta — Bryugge 1:3

Gollar: Lukman (46) — Talbi (3, 27), Yutgla (45+3). 

Birinchi o‘yin — 1:2.

Benfika — Monako 3:3

Gollar: Akturko‘g‘li (22), Pavlidis (76, penalti), Ko‘kchu (84) — Minamino (32), Ben-Segir (51), Ilenikhena (81). 

Birinchi o‘yin — 1:0.

Milan — Feyenoord 1:1

Gollar: Ximenes (1) — Karransa (73). 

Birinchi o‘yin — 0:1.

Bugun yana to‘rt juftlikda g‘oliblar aniqlanadi: Borussiya D — Sporting L, PSJ — Brest, Real Madrid — Manchester Siti, PSV — Yuventus.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring