Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun yirik musobaqa start oladi

Bugun yirik musobaqa start oladi

Bugun, 11 sentyabr kuni Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi.

197 nafar erkaklar, 184 nafar ayollar jamoalari ishtirok etayotgan mazkur olimpiadada O‘zbekiston shaxmatchilar jamoasi har ikki guruhda mamlakat sharafini himoya qiladi. Turnir shveysarcha formatda 11 tur davom etadi.

O‘zbekiston shaxmat erkaklar terma jamoasida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov ishtirok etmoqda.

Qizlar terma jamoasida esa Afruza Hamdamova, Nilufar Yoqubbayeva, Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova qatnashadi. 

Musobaqa 22 sentyabr kuniga qadar davom etadi. Vaqt nazorati: Klassik. Har bir o‘yin boshida o‘yinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan o‘yin oxirigacha esa qo‘shimcha 30 daqiqa beriladi va  har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi. Turnir shveysarcha formatda 11 tur davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring