Bahodir Qurbonov O‘FA prezidenti bo‘lishi kutilmoqda
![Bahodir Qurbonov O‘FA prezidenti bo‘lishi kutilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/920__95_4067444363.jpg)
Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA rahbarligiga ilgari surildi.
Assotsiatsiya ustaviga muvofiq, 2025-yil 22-fevral kuni O‘FA prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘FA tomonidan o‘z a’zolariga ushbu lavozimga nomzodlar bo‘yicha o‘z takliflarini yuborishlarini so‘rab murojaat qilingan. O‘FA rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘FA Saylov qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq tekshirilib, O‘FA Ustavining 30-moddasiga asosan, Kongressdan 30 kun oldin O‘FA Kotibiyatiga taqdim etildi.
O‘FA Ustavining 33-moddasiga ko‘ra, O‘FA a’zolari navbatdan tashqari saylov Kongressining o‘tkazilish joyi va kun tartibi to‘g‘risida Kongress o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin xabardor qilinishi lozim. Shu munosabat bilan, Kongressning o‘tkazilish joyi va kun tartibi 2025-yil 12-fevral kuni barcha a’zolarga yetkazilishi belgilangan.
O‘FA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda ham e’lon qilinishi zarurligi keltirilgan bo‘lib, O‘FA a’zolari tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘FA navbatdan tashqari saylov Kongressi 2025-yilning 22-fevral kuni O‘FA binosida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter