Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov reytingda yuqoriladi

Bahodir Jalolov reytingda yuqoriladi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yangilangan reytingda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikki karra Olimpiada chempioni iyul oyi reytingida 8-o‘rinni egallab turgandi. 

Ushbu vaznda Aleksandr Usik chempion, Tayson Fyuri esa 1-o‘rinni band etgan. Jalolovdan oldingi o‘rinlardan Agit Kabaye (Germaniya), Martin Bakole (Kongo/Buyuk Britaniya), Chjang Chjiley (Xitoy), Efe Ajagba (Nigeriya/AQSh) joy olgan.    

Yangilangan reytingdan 10 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

Super og‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 6-o‘rindan joy oldi;

Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi;

Super yarim o‘rta vazn toifasi (69,9 kg): Isroil Madrimov 3-o‘rinda qayd etildi;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov bir pog‘ona yuqorilab, 7-o‘rinni band etgan bo‘lsa; Jahongir Rasulov 3 pog‘onaga pastladi va 30-o‘rinni egalladi;

Yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 18-o‘rinni band etgan;

Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni band etib turibdi;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona pastlab, 35-o‘ringa joylashdi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqoriladi va 4-o‘rindan joy oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring