Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Artel Toshkentda bo‘lib o‘tadigan WBC 61-konvensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Artel Toshkentda bo‘lib o‘tadigan WBC 61-konvensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

13-17-noyabr kunlari Toshkentda Butunjahon boks ittifoqining (WBC) 61-konvensiyasi bo‘lib o‘tadi. Artel kompaniyasi Mayk Tayson, Evander Xolifild, Kostya Szyu, Amir Xon kabi jahon boks afsonalari ishtirok etadigan nufuzli tadbirni rasmiy hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlaydi.

Ulkan miqyosda o‘tkazilishi kutilayotgan mazkur konvensiya doirasida an’anaviy WBC qo‘mitasi yig‘ilishlari, har bir vazn toifasida saralash va chempionlik janglari, shuningdek, nufuzli boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu sport turining kelajagi bilan bog‘liq muhokamalarda xorijlik mehmonlar bilan bir qatorda O‘zbekistonning nufuzli bokschilari va murabbiylari, jumladan, o‘zbek boksining yulduzi, Artel brendining ambassadori Bahodir Jalolov ham ishtirok etadi.

Olimpiya chempioni va ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov «O‘zbekiston iftixori» unvoni va «Fidokor xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. Joriy yilning oktyabr oyida Jalolov azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Qamshibek Konkabayevni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi va unvonlari sonini maksimal darajada oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Artel doimo sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘lib, mamlakatimiz sportini rivojlantirishga hissa qo‘shishni o‘z missiyasi deb biladi. O‘z navbatida, bunday keng ko‘lamli sport tadbirlarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakat nufuzini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring