Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda o‘ndan oshiq davlat delegatsiyalari yig‘iladi: tafsilotlar

Toshkentda o‘ndan oshiq davlat delegatsiyalari yig‘iladi:  tafsilotlar

2024-yilning 15-aprel kuni Toshkent shahrida «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Kengashga a’zo davlatlar – BAA, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, O‘mon davlatlaridan delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda 2023-yil 19-iyul kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashiladi.  

Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring