Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganlar qayd etildi

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganlar qayd etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish davomida ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurgani qayd etildi.

Yangi ichki ishlar vaziriga har bir mahalladagi profilaktika maskanlarini kuzatuv kamerasi va har bir inspektorni “bodi kamera” bilan ta’minlab, huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi platformani ishga tushirish topshirildi.

Jinoyatlarni hisobga olish tizimini to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Prokurorlar tergov ustidan nazoratni susaytirib yuborgani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, sudlar tomonidan 637 ta jinoyat ishi kamchiliklari uchun tergovga qaytarilgan.

Bosh prokuratura tergov sifatini oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yanada qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.

Bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring