Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi aytildi

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi aytildi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev vazirlik faoliyati yuzasidan senatorlarning savollariga ham javob berdi.

Xususan, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha F.Arziyev O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor, deb ta’kidladi. O‘zbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashi aytildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg‘onistondan fuqarolarni tranzit yo‘li bilan xavfsiz joyga ko‘chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg‘onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. Tranzit yo‘li bilan O‘zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi.

Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgani, o‘z navbatida O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring