Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar imzo yig‘ib bo‘ldi

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar imzo yig‘ib bo‘ldi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi

O‘zbekistonda deputatlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchilar imzolarini to‘plash jarayoni yakunlandi. Siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati 17-avgust hisoblanadi.

2024-yil 27-oktyabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, o‘tkaziladigan saylovlarning muhim jarayonlaridan biri — siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchilar imzolarini to‘plash jarayoni nihoyasiga yetgan.

Saylov kodeksining 68-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiya saylovda o‘z ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming vakilning imzosini to‘plagan taqdirda deputatlikka nomzod ko‘rsatishi mumkin.

Markaziy saylov komissiyasining 26-iyuldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan saylovlarni o‘tkazish kalendar rejasiga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati 17-avgust hisoblanadi.

Imzo to‘plashda besh partiya — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi ishtirok etdi.

Korxonalar va tashkilotlar, bog‘lar-u bozorlar, shuningdek, odam gavjum bo‘lgan boshqa jamoat joylarida imzolar to‘plandi. Bu safar tanlangan joylar yanada ko‘proq odamlar saylovning ushbu bosqichi haqida xabardor bo‘lishi va bevosita imzo to‘plash jarayonlarida o‘zlari ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratib berdi.

Gavjum joylarda axborot stendlari va plakatlar o‘rnatilgan hamda xohlovchilarga vizual tarzda tayyorlangan tarqatma materiallarni ham olish imkoniyati taqdim etilgan. Shuningdek, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari, u yoki bu partiya uchun o‘z imzosini qoldirishlari mumkin bo‘lgan.

Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, imzo to‘plash nomzodlar va saylovchilar o‘rtasida «bog‘lovchi bo‘g‘in» vazifasini o‘tovchi muhim jarayon hisoblanadi. Asosiysi, fuqarolar siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, qadriyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qiladilar.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi

Qolaversa, bu jarayonda elektoratning qo‘llab-quvvatlashi muhim hisoblanadi. Imzolarni yig‘ish shunchaki rasmiyatchilik emas, balki fuqarolarning ishonchini va xayrihohligini ifoda etishidir.

O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi

Bundan tashqari, fuqarolarning imzo to‘plashdagi faol ishtiroki siyosiy jarayonlarga qiziqishning ortganligi va jamiyat o‘zgarishlarining bir qismi bo‘lishga tayyorligidan dalolat beradi.

«Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Parlament saylovida ishtirok etish uchun imzo to‘plash saylov jarayonining muhim bosqichi bo‘lib, keng jamoatchilik orasida siyosiy partiyani real qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon siyosiy partiyalarni fuqarolar bilan faol muloqot qilishga, saylovoldi dasturini shakllantirishda yaqindan fikr almashishga undaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring