Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zarafshonda zamonaviy IIB binosi faoliyat boshladi

Zarafshonda zamonaviy IIB binosi faoliyat boshladi

Zarafshon shahar ishki ishlar boshqarmasi xodimlari endilikda barcha imkoniyatlarni o‘zida jamlagan zamonaviy xizmat binosida ish faoliyatini davom ettirishadi.

Qariyb 9 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan mazkur binoning ochilish tadbiri tantanali bayram tusini oldi. Marosimda Zarafshon shahar hokimi, Ichki ishlar vazirligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Zarafshon shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, davlatimiz rahbarining 2017-yilda «Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish» to‘g‘risida qarori qabul qilingan edi. Tergov jarayonini stenografiya qilish, video-kuzatuv shuningdek, tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari orqali olib borish uchun maxsus jihozlangan xonalar tashkil etildi. Muhimi bu jarayonda voyaga yetmaganlar va bolalarni so‘roq qilish uchun ajratilgan maxsus xonalarga ularning yoshiga mos, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda invertarlar o‘rnatilgan.

Tergov harakatlarini o‘tkazishda xolislik, shaffoflik hamda tezkorlikni ta’minlash maqsadida innovatsion texnika vositalari bilan jihozlangan maxsus tergov xonalari tashkil etildi. Bu kabi ishlarning qulayligi shundaki, uzoq hudularda yashovchi tergov protsesi ishtirokchilamrining ovoragarchiligi oldi olinadi. Ayrim tergov harakatlari video-konfiorens aloqa tizimida o‘tkazilib, dalillar avtomatik tarzda qayd etilib boriladi.

Marusa Hosilova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring