Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘l qurilishida huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi

Yo‘l qurilishida huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi

Foto: «Xabar.uz»

«Yo‘llar va yo‘l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-241-son, 01.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ruxsatnoma olmasdan yo‘l ob’yektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo‘l ob’yektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 1 sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas’uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;
  • ko‘p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo‘l hamda ko‘cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko‘rinishini tasdiqlash;
  • yo‘l va ko‘cha chetlaridagi bo‘sh yerlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha dastur tasdiqlash.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring