Yangi Toshkent shahri uchun yana qariyb 160 gektar yer ajratib berildi
Yangi Toshkent shahri uchun yer ajratish haqida Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 158,67 gektar yer maydoni Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish hokim o‘rinbosari Sh.Mahmudov zimmasiga yuklatilgan.
Ma’lumot uchun, Yangi Toshkent shahriga yer ajratish borasida 2023-yil 20-iyulda Prezidentining «Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 232-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktyabrdagi «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi» davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 568-sonli qarori qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta MFY Yangi Toshkent hududiga o‘tayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter