Yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Bosh prokuratura tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihani ishlab chiqishda jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilishga, uni yanada liberallashtirishga, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga hamda jinoyatlar uchun sanksiyalarni qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga qarab muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, loyihada turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni chiqarib tashlashga qaratilgan o‘zgartirishlar nazarda tutilgan.
Loyiha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan.
Ushbu loyiha fuqarolarning takliflari asosida yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.
Shu sababli, keng jamoatchilikdan mazkur loyihani ko‘rib chiqishda va uni takomillashtirishda ishtirok etish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter