Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm va Jizzaxda «pravafurush»lar ushlandi

Xorazm va Jizzaxda «pravafurush»lar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga o‘zini Jizzax shahridagi «D.Sh.» MChJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga «V.S.» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring