Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XJS Putinni hibsga olmagan Mo‘g‘ulistonni jazolay olmaydi — Politico

XJS Putinni hibsga olmagan Mo‘g‘ulistonni jazolay olmaydi — Politico

Foto: RIA Novosti

Xalqaro jinoiy sud (XJS) Vladimir Putinni hibsga olishni rad etgan Mo‘g‘ulistonni jazolay olmaydi, deb yozdi Politico.

Bu haqda nashrga Vengriya huquqiy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Tamash Hoffman ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, Mo‘g‘uliston uchun buning jiddiy oqibatlari yo‘q.

Hoffmanga ko‘ra, XJSga a’zo mamlakatlar assambleyasi Mo‘g‘ulistonning amal qilmaslik tartibi deb ataladigan harakatlarini qoralashi mumkin. Ammo qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan mamlakat uchun sanksiyalar kabi jiddiy choralar ko‘zda tutilmagan.


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga bordi. Bu uning Rim statutini imzolagan va Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasini qabul qilgan davlatga birinchi safari. Sud Putinni Ukrainaga bostirib kirgani uchun harbiy jinoyatlarda gumonlab hibsga olishga order bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring