Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vodiyning gazlari qayon ketdi? № 2

Vodiyning gazlari qayon ketdi? № 2

Foto: Facebook / Taraqqiyot teleradikompaniyasi

Yaqinda saytimizda «Andijonning gazlari qayon ketdi?» nomli maqola e’lon qilgan, unda bu viloyatdagi metan gazi quyish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlar aks etgan suratlarni ham ilova etgandik.

O‘shanda metan gazi muammosi tabiiy ravishda ikkinchi muammoni yuzaga keltirgan, transport qatnovi keskin kamayib, manziliga yetolmayotgan minglab odamlar ko‘chalarni to‘ldirib yuborganlari ko‘rsatilgandi. Shuningdek, yo‘lkira narxlari bir necha barobar oshib ketgani haqida shikoyatlar ham tushgan.

Shundan keyin bir muddat metan gazi ta’minoti yaxshilangan, hammasi iziga tushgandi. Ammo keyinchalik, yanvar oyi oxirlaganda endi nafaqat Andijon, balki butun vodiy bo‘ylab AYoQShlarda kilometrlab navbatlar yangitdan hosil bo‘ldi, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda hatto masxaraomuz hazillar paydo bo‘la boshladi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida «O‘ztransgaz» bilan bog‘langanimizda quyidagicha izoh berdilar:

— Ma’lum muddat turli sabablarga ko‘ra magistral gaz quvurlarida bosim pasaygani rost. Bugun, ya’ni 2-fevraldan boshlab gaz bosimini yana asta sekin ko‘tara boshladik. Bugun-erta gaz ta’minoti iziga tusha boshlaydi va muammo bartaraf etiladi.

Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring