Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Video: Koronavirus yuqtirganlar bepushtlikka uchrashi haqida ma’lumot yo‘q — Bahrom Almatov

Video: Koronavirus yuqtirganlar bepushtlikka uchrashi haqida ma’lumot yo‘q — Bahrom Almatov

Foto: Videolavhadan skrinshot

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing tashkil etildi. Quyida ushbu brifingdan ayrim iqtiboslar hamda onlayn brifingning to‘liq video formati taqdim etiladi.

    • «Bemorlarning ahvoli qoniqarli. Infeksiya yuqtirgan ba’zi bemorlarda sog‘ayish jarayoni boshlandi».
    • «Agar koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmaydi. Asoratlari ham qolmaydi. Faqatgina to‘liq tuzalmasdan shifoxonadan chiqarib yuborilganlar qayta shifoxonaga murojaat qilishi mumkin».
    • «Ko‘rilgan choralar natijasida shu paytgacha faqatgina karantinga olingan va kasallikda gumon qilingan fuqarolarda ushbu kasallik aniqlandi. Ya’ni, kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Shu orqali epidemiologik barqarorlik ta’minlanmoqda».
    • «Maktablarni dezinfeksiya qilish maktab rahbarlari va dezinfeksiya qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bolalardan yoki aholi vakillaridan buning uchun haq olish noto‘g‘ri».
    • «Kasallikka uchraganlar bepushtlikka uchrashi haqida tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud emas.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ham bunday xulosaga kelishmagan. Menimcha, bunga ta’siri yo‘q».
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring