Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Van Gog chizgan surat birinchi marta ommaviy namoyish etiladi va sotuvga qo‘yiladi

Van Gog chizgan surat birinchi marta ommaviy namoyish etiladi va sotuvga qo‘yiladi

Van Gogning «Dehqon uyi tasvirlangan manzara» asari

Parijda tashkillashtiriladigan ko‘rgazmada buyuk rassom Vinsent van Gog mo‘yqalamiga mansub «Monmartrdagi ko‘cha manzarasi»  asari ilk marotaba keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi. «Art News» yozishicha, debyutdan so‘ng asar «Sotheby’s» auksionida kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.

«Monmartrdagi ko‘cha manzarasi» asari 25-mart kuni sotuvga qo‘yiladi. Foto: «Reuters»

Van Gog asarni ukasi Teo (Teodorus van Gog) bilan Fransiya poytaxtida yashagan davrida, 1887-yilda bitgan. Rasmda Monmartr ramzlaridan biri — «Mulen de la Galett» shamol tegirmoni aks etgan. Rassom yashagan yillarda Monmartr shahar chekkasidagi qishloq edi.

Tasviriy asar xususiy kolleksiyada bir asrdan ziyod saqlanib keldi. Buyuk rassomning ushbu asari 5-8 mln. yevroga baholanishi kutilmoqda.

2020-yilda Vinsent van Gogning «Dehqon uyi tasvirlangan manzara»si €15 mln.ga sotilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring