Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada Alisher Navoiy haykali ochildi

Turkiyada Alisher Navoiy haykali ochildi

Foto: O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi

Turkiya poytaxti Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi. O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Ag‘zamxo‘jayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

U yodgorlikni o‘rnatishda hissa qo‘shgan barchaga, jumladan, Kechiuren tumani hokimligi va Boshkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Go‘zalga minnatdorlik bildirdi.

Shu paytgacha Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul, Boku kabi shaharlarda Alisher Navoiyga haykallar o‘rnatilgan. Elchi Anqarada yodgorlikning ochilishi barcha, jumladan, turkiy xalqlar uchun ham katta sharaf ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring