Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiya hududlarini qo‘shib oladimi? TIV izoh berdi

Ukraina Rossiya hududlarini qo‘shib oladimi? TIV izoh berdi

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi hududni egallab olishdan manfaatdor emas, balki Rossiyaning Donetsk viloyatiga qo‘shimcha bo‘linmalarini olib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik va rus qo‘shinlari uchun logistika ta’minotini qiyinlashtirishni maqsad qilmoqda deydi Ukraina TIV matbuot kotibi Georgiy Tixi.

«Rossiya Federatsiyasidan farqli o‘laroq, Ukraina boshqa birovning hududiga muhtoj emas. Ukraina Kursk viloyatidagi hududni egallashdan manfaatdor emas, biz xalqimiz hayotini himoya qilmoqchimiz», — dedi Tixi Kiyevdagi brifingda. Uning so‘zlaridan «Interfaks-Ukraina» iqtibos keltirgan.

Uning qayd etishicha, faqat yoz boshidan beri Kursk viloyatidan Ukrainaning chegaradosh Sumi viloyatiga 2 mingdan ortiq zarba berilgan, 255 ta boshqariladigan bomba va 100 dan ortiq raketa ishlatilgan.

«Afsuski, Ukraina bu terrordan o‘zini himoya qilish uchun o‘z qurollari bilan uzoq masofadan zarbalar berish uchun yetarli imkoniyatlarga ega emas. Shuning uchun Ukraina Qurolli Kuchlari yordamida ushbu chegara hududlarini Ukrainaga zarba bergan Rossiya harbiy kontingentlaridan ozod qilish zaruriyati bor», — deya ta’kidladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi.

TIV vakili Ukraina Kursk viloyatida «tegishli maqsadlarga» erishayotganini va buni amalga oshirishda davom etishini ta’kidladi, chunki bu amaliyot mamlakat xavfsizligi va mudofaasi uchun zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring