Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiti universitetida Ucell & IT Park korporativ akseleratsiyasi doirasida «Demo Day» bo‘lib o‘tdi (video)

Amiti universitetida Ucell & IT Park korporativ akseleratsiyasi doirasida «Demo Day» bo‘lib o‘tdi (video)

Mazkur «Demo Day»da startaplarga o‘z loyihalarini mutaxassislar va boshqa mehmonlarga taqdim etish, shuningdek, akseleratsiya dasturi davomida olib borgan ishlarining natijalarini namoyish qilish imkoniyati berildi.

Shu kuni oltita jamoa o‘z loyihalarini taqdim etdi.

«Demo Day»ning natijalari bo‘yicha, hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 3 ta loyiha saralanib olindi hamda ular Ucell & IT Park korporativ akseleratori birinchi to‘lqinining mutloq g‘oliblariga aylanishdi:

  1. «2work» — uy xo‘jaligi va kichik biznes xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni topish va hal qilish uchun yordam beradigan platforma;
  2. «Smart studio» – bu onlayn tarzda dars o‘tadiganlarning o‘qitish uslubini takomillashtirishga yordam beruvchi platforma. Yordam AR texnologiyalarini joriy etish, real vaqt rejimida murakkab effektlarni yaratish hamda qiymatni sodiq va faol auditoriya shaklida olishdan iborat;
  3. «Mobigruz» — bu yuk tashuvchi va haydovchilarga bir-birini topishda yordam beradigan mobil ilova.

    G‘oliblarga Ucell & IT Park korporativ akseleratori tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, kelgusida jamoalarga Ucell bilan birgalikda o‘z loyihalarini amalga oshirish ustida ishlash imkoniyati beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring