Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp telekanalni sudga berib, 10 mlrd dollar to‘lashni talab qildi

Tramp telekanalni sudga berib, 10 mlrd dollar to‘lashni talab qildi

Foto: Brian Snyder/Reuters

Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp AQSh prezidenti saylovidagi raqibi Kamala Harrisdan intervyu olgan CBS News telekanalini sudga berdi.

Tramp telekanalni tahrirlangan videoni qo‘yib tomoshabinlarini chalg‘itishda ayblamoqda, uning ta’kidlashicha, Harrisga savollar jonli efirda berilmagan va oldindan tayyorlangan javoblardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

«CBSning xatti-harakatlari tufayli xalq intervyuda (prezidentlikka) nomzodnimi yoki parda ortida yashiringan muharrirning qo‘g‘irchog‘inimi — qanaqa Harrisni ko‘rganini tushunmadi», — deyiladi Trampning da’vosida.

Tramp telekanaldan kamida $10 mlrd tovon undirishni talab qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring