Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp 7 ta «tebranuvchi» shtatlarda ham saylovni yutib chiqdi

Tramp 7 ta «tebranuvchi» shtatlarda ham saylovni yutib chiqdi

Donald Tramp yetti shtatning barchasida g‘alaba qozondi va Xarrisning 226 ovoziga qarshi 312 ta ovoz oldi.

AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ovozlarni sanash o‘z yakuniga yetdi. Arizonadagi g‘alaba Donald Trampga yana 11 ta saylov ovozini berdi. Shu tariqa, respublikachilardan ko‘rsatilgan nomzod o‘z raqibi Kamala Xarrisni yetti «tebranuvchi» shtat – Arizona, Michigan, Pensilvaniya, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Viskonsin va Nevada shtatlarida ham mag‘lub etdi.

Hammasi bo‘lib Tramp 312 ta, Xarris esa 226 ta ovoz to‘pladi. Prezidentlik poygasida g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz yetarli edi.

E’tiborlisi, Jo Bayden 2020 yildagi saylovda Arizonada kichik farq bilangina g‘alaba qozongandi. Trampning hozirgi muvaffaqiyati uning bu poygadagi ustunligini ko‘rsatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring