Toshkentdagi xonadonda gaz portladi: jabrlangan bor

Toshkentda gaz chaqnashi oqibatida bir kishi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
26 fevral kuni soat 17:37 da Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birdagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter