Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Zakovat» intellektual o‘yinining I Osiyo ochiq chempionati start oldi

Toshkentda «Zakovat» intellektual o‘yinining I Osiyo ochiq chempionati start oldi

Toshkentda 12-avgust kuni «Zakovat» intellektual o‘yinining birinchi Osiyo ochiq chempionati start oldi.

Ikki kun davom etadigan yirik turnirda O‘zbekiston, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Ma’lumot uchun, «Zakovat» o‘yinining sportcha versiyasida g‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi:

1-o‘rin: 100 million so‘m;

2-o‘rin: 60 million so‘m;

3-o‘rin: 40 million so‘m.

«Zakovat» o‘yinining sportcha versiyasi dastlabki kuni natijalariga ko‘ra, Eclipse (Rossiya), «Basendji» (Rossiya-Qozog‘iston), «Borskiy korabel» (Rossiya) jamoalari peshqadamlik qilmoqda.

Breyn-ring o‘yinida esa jamoaga maxsus tayyorlangan birinchi Osiyo ochiq chempionati kubogi topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring