Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «reyd» bo‘lmoqda

Toshkentda «reyd» bo‘lmoqda

Yo‘llarda harakatlanish qoidalariga haydovchi ham, piyoda ham bir xilda amal qilishi lozim.

IIBB YHXB qarorlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 119 marotaba sodir etgan fuqaro F.A.dan davlat foydasiga jami 40 mln. 230 ming so‘m ma’muriy jarima undirish yuzasidan ijro hujjatlari Byuroning Toshkent shahar tumanlararo bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur qarzdorliklarni qarzdordan undirish maqsadida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan «BYD SONG PLUS FLAGSHIP» avtomashinada ma’muriy huquqbuzarlik holatlari sodir etganligi sababli jarima maydoniga  olib borish jarayonida, qarzdorga jarimalarni ixtiyoriy 5 kunlik muddat ichida tegishli tartibda to‘lash lozimligi tushuntirilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro F.A.qarzdorliklarni to‘liq bartaraf etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring