Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda jamoat transportidan foydalanishning yangi tartibi joriy etiladi

Toshkentda jamoat transportidan foydalanishning yangi tartibi joriy etiladi

Toshkent shahrida jamoat transportining jozibadorligini ta’minlash, yo‘nalishlarda barqaror harakat tezligini ta’minlash, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida vaqtga briktirilgan differensial tarif rejalari aprel oyidan joriy etiladi.

Bu haqda AOKAda Transport vazirligi va «Toshshahartransxizmat» AJ mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

Bunda:

— bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;

— ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;

— avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.

Shu bilan birga jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring