Toshkentda 3 yoshli bolani o‘ldirganlikda gumonlangan shaxsning sudi qachon boshlanishi aytildi
Joriy yil 11-iyul kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan 30 yoshli erkak ushlangani xabar qilingandi.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur shaxs (S.M.)ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni 2024-yil 15-noyabr kuni soat 14.30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida boshlanadi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra S. M. Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, S.M. ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga joriy yilning 29-oktyabr kuni kelib tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter