Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida ham darslar boshlangan. Hokimlik bu haqda endi bayonot bermoqda

Toshkent viloyatida ham darslar boshlangan. Hokimlik bu haqda endi bayonot bermoqda

Qayd etilishicha, viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik ta’minoti holati o‘rganilgan, telefon orqali ularning fikrlari olingan.

«O‘rganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

  • 11-yanvardan viloyat bo‘yicha 77 ta maktabda dars bo‘ladi.
  • Ushbu maktablarning o‘quvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.
  • Boshqa umumta’lim maktablarida o‘qishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi.
  • Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar ro‘yxati e’lon qilinadi», deyiladi bayonotda.

Toshkent shahri hokimligi ham kecha yarim tunda «tilga kirgandi».

Avvalroq bir nechta viloyatlarda o‘qish boshlanishi vaqti e’lon qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring