Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan «olingan» polkovnik vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Toshkent viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan «olingan» polkovnik vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: IIV matbuot xizmati

Polkovnik Saidkarim Nishanbayev  Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

E’tiborlisi, u vazir o‘rinbosari sifatida 2016-yilning sentyabridan 2017-yil martiga qadar ham faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng S. Nishanbayev Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi (2017-yil, mart). Biroq bu lavozimda ko‘p ishlamaydi: 2018-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident topshirig‘iga ko‘ra viloyat prokuroriga qo‘shilib, u ham IIB boshlig‘i vazifasidan ozod etiladi. Bu ikki rahbarning ishdan olinishi berilgan vazifalar bajarilmagani bilan izohlangandi o‘shanda.

Shundan so‘ng polkovnik bir muddat Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i sifatida ishlagani aytiladi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga ikkinchi bor tayinlanishiga qadar esa IVV Tashkiliy departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgani (mazkur tayinlovga oid xabarda) alohida  qayd etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring