Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida jami 148 million dollarlik loyihalar ishga tushiriladi

Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida jami 148 million dollarlik loyihalar ishga tushiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga:

- Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

- Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

- Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar to‘plamini shakllantirishga topshiriq berildi.

Kelgusi yildan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi elektronika va mikroelektronika yo‘nalishida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratib borishi belgilandi.

Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qo‘mitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Oxirgi yillarda aholi xonadonlarining maishiy texnikaga bo‘lgan talabi har yili 10-15 foizga oshmoqda. Bu ularning servis xizmatiga ham talabi ortib bormoqda, degani.

Mutasaddilarga yirik ishlab chiqaruvchilar bilan birga hududlardagi kasb-hunar maktablarida maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatishga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring